
Bokschilarimiz "Face to Face" marosimida ishtirok etdi. Ertaga uch nafar vakilimiz Janubiy Koreyada jang qiladi (Video)
Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi mijozlari hisoblangan Olimjon Nazarov, Abdulaziz Najmiddinov va Abdurasul Ismoilov o‘zlarining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Nazarov WBO Oriental kamarini Mishel Mendozadan himoya qilsa, Najmiddinov Sung Hun Kim, Abdurasul Ismoilov esa Mo Hyun Kim bilan to‘qnash keladi. Hamyurtlarimiz mazkur bahslar uchun murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida O‘zbekistonda tayyorgarlik olib bordi. Shuningdek, ular bilan tajribali murabbiy va promouter Nabijon Ismanov ham Janubiy Koreyaga etib borgan. Bugun jang oldidan bokschilar vazn me’yorini bajardi.
Fikrlar