
Bokschilarimiz harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Tarkib bilan tanishing!
Xabar berib o‘tganimizdek, o‘zbekistonlik bokschilar 18-25 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkaziladigan harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz a’zolari bugun Moskvaga yo‘l olishdi.
Terma jamoamiz musobaqaga quyidagi tarkibda uchib ketdi:
Erkaklar:
-49 kg: Abdumajid Mannopov
-52 kg: Foziljon Abdumurodov
-56 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Mujibillo Tursunov
-69 kg: Bilol Mirzarahimov
-75 kg: Nurislom Ismoilov
-81 kg: Shohrux Rustamov
-91 kg: Javohir Tog‘aymurodov
+91 kg: Laziz Mullajonov
Qizlar:
-51 kg: Aziza Yoqubova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Murabbiylar: Uyg‘un Siddiqov, Elshod Rasulov, Alisher To‘ychiev
Bekjon Yusupov va Qahramon Karimov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar