Bo‘ldi, Messi to‘xtadi!
Lionel Messi samarali o‘yinlari bilan amerikalik futbol muxlislarini hayratga solib kelayotgan edi.
Argentinalik yulduz “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda golli seriya namoyish qildi. 36 yoshli o‘yinchi bu davrda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.
MLSning navbatdagi turida “Iner Mayami” o‘z uyida “Neshvill” futbolchilarini qabul qildi.
Mezbonlar tarkibida 90 daqiqa o‘ynagan Lionel Messi ummonortiga ko‘chib o‘tganidan beri birinchi marta birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi.
O‘yin golsiz durang bilan yakunlandi.
Endi Lionel Messi jamoasi 4 sentyabr kuni safarda “Los-Anjeles” klubi vakillari bilan kuch sinashadi.



Fikrlar