"Bolonya" MYuning taklifini rad etdi

  • 7 avgust, 2022, 16:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovichni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. 

Taniqli insayder Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, angliya klubi 33 yoshli hujumchi uchun 8-9 million evro atrofida pul to‘lashga tayyor. 

A Seriya klubi mazkur taklifni rad etdi. Ayni vaqtda ular avstriyalik o‘yinchi bilan xayrlashishni istamayapti. 

Qayd etish lozim, Arnautovich hamda "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag 2006 hamda 2009 yillar oralig‘ida "Tvente" jamoasida birga ishlagan. 

O‘tgan mavsumda forvard Italiya chempionatining 33 uchrashuvida maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!