
"Bordo"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
"Bordo" klubi Paulu Souzani o‘zining yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
48 yoshli portugaliyalik mutaxassis frantsuz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Souza faoliyati davomida "Kuinz Park Reynjers", "Suonsi Siti", "Lester", "Makkabi", "Fiorentina" va "Tyantszin Tsyuantszyan" kabi jamoalarni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, Bordo ayni damda Frantsiya chempionatida 32 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar