"Borussiya D" - "Bavariya" to‘qnashuvi yohud bugun Germaniya superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi
Bugun Germaniyada ham yangi mavsumga rasman start beriladi. Aniqrog‘i, muxlislar “Borussiya D” hamda “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi mavsumning ilk rasmiy to‘qnashuvi – Germaniya superkubogi uchun bo‘lib o‘tadigan bahsga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Ta’kidlash lozimki, myunxenliklar bugungi uchrashuvga Bundesliga chempioni ma’qomida tashrif buyurishsa, dortmundliklar maydonda mamlakat kubogi sohibi sifatida harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum boshida ham Germaniya superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda aynan shu jamoalar o‘zaro kurash olib borishgan, yakunda esa “Bavariya” ushbu sovrinni o‘ziniki qilib olgan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30da “Signal Iduna Park” stadionida boshlanadi.



Fikrlar