"Borussiya" Dortmund o‘z uyida "Gerta" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 20.02.2023 00:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya Bundesligasining 21-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmund - "Gerta" uchrashuvi yakunlandi.

Maydon egalarining katta ustunligi bilan kechgan bahsda "asalarilar" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab uchrashuvning 27-daqiqada Karim Adeyemi hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, 31-daqiqada Doniell Malen ham gol urib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Birinchi taym shu tarzda yakunlandi.

Ikkinchi taymning 46-daqiqasida "Gerta" yarim himoyachisi Lyuka Tuzar darvozaga aniq zarba yo‘llab oradagi farqni qisqartirdi. Shundan so‘ng jamoa sardori Marko Roys 76-daqiqada  va Yulian Brant 90-daqiqada gol urib hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi va uchrashuv mana shu tarzda yakunlandi.

Shu tariqa, dotmundliklar chempionatdagi ochkolari sonini 43 taga etkazib, bu borada "Bavariya"ga etib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!