
“Borussiya” iqtidorlar koniga aylanmoqda
“Borussiya” rahbariyati chempionshipda “Brentford” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Markus Forssni Dortmundga ko‘chirib kelish haqida o‘ylamoqda.
21 yoshli finlyandiyalik hujumchi yangi mavsumda 9 ta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Bu ko‘rsatkichi tufayli Filyandiya terma jamoasidan chaqiruv oldi va Frantsiyaga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida debyutini nishonladi.
Dortmundliklar iste’dodli futbolchini navbatdagi transferlar vaqtida sotib olmoqchi.
Fikrlar