"Borussiya" Sanchoni jazoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Doortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho 100 ming yevro jarima to‘lashi kerak. Bu haqda Sport1.de nashri xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi terma jamoa yig‘inidan klub ixtiyoriga vaqtida qaytib kelmagani uchun jazolangan. Sancho shuningdek, shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Borussiya Myunxengladbax"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan edi.

19 yoshli Sancho dortmundliklar safida barcha turnirlarda 11 o‘yinda 4 gol va 7 gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!