
"Boston" o‘yinchisi dankdan so‘ng bo‘ynidan jarohat oldi
MBAning "Boston Seltiks" hujumchisi Jeylin Braun "Minnesota"ga qarshi bahsning 3-choragida jarohat olgancha maydonni tark etdi.
Gap shundaki, basketbolchi hujum vaqtida dank amalga oshirgandan so‘ng erga bo‘yni bilan noqulay yiqiladi va bo‘ynidan jarohat olib, bir necha daqiqa maydonning o‘zida tibbiy yordam qabul qilib oladi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, sportchining sog‘lig‘i ayni damda ancha yaxshilangan. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, Braun 4-5 hafta maydonga tusha olmaydi. Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda "Boston"117:109 hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar