"Brayton" bosh murabbiyi "Real" "short-list"idan joy oldi

  • 28.09.2023 07:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsum jamoadan ketishi mumkin. Uning keyingi manzili katta ehtimol bilan Braziliya terma jamoasi bo‘ladi. Madridliklar esa italiyalik mutaxassisga o‘rinbosar izlamoqda. 

"Cadena SER" nashri xabar berishicha, "Brayton" ustozi Roberto De Zerbi "qaymoqranglilar" "short-listi"dan joy olgan. Agarda rahbariyat Xabi Alonso bilan kelisha olmasa, 44 yoshli mutaxassis asosiy favoritga aylanadi. 

Ma’lumot uchun, De Zerbi o‘tgan mavsum boshida "Brayton"ga Grem Potter o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!