
"Brayton" kechagi g‘alabasidan so‘ng MYuni "troll" qildi
"Brayton" klubi kecha APL ilk turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushdi. Unda Grem Potter shogirdlari 2:1 hisobida nomdor raqibidan ustun keldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng klub o‘zining "Tvitter"dagi sahifasi orqali "qizil iblislar"ga "tvit" yo‘lladi.
"Sizning shahringiz xuddi Brayton kabi moviy rangda", - deya yozib qoldirilgan unda.
Eslatib o‘tamiz, ten Xag shogirdlari navbatdagi tur o‘yinini "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 21:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar