Braziliya terma jamoasi futbolchilari nimadan norozi bo‘lishdi?

  • 04.06.2021 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Globo Esporte nashrining yozishicha, Amerika kubogining Braziliyaga ko‘chirilishi futbolchilar orasida norozilik keltirib chiqarishiga oz qoldi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, chorshanba kuni Braziliya terma jamoasi futbolchilari musobaqani boykot qilish masalasini muhokama qilgan. Ular musobaqa mezbonligi Braziliyaga berilgani haqidagi xabarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganidan norozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa Kolumbiyadagi siyosiy notinchliklar va Argentinadagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat tufayli Braziliyaga ko‘chirildi.

Kopa Amerika joriy yilning 13 iyunidan 10 iyuliga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!