
Brendan Rojers "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatga (0:1) izoh berdi.
"Yaxshi o‘yin namoyish etdik. Raqibda bosimda ushlab tura oldik. G‘alaba qozonish uchun gol urishimiz shart edi. Ammo restartdan so‘ng vaziyatni yakunlash bo‘yicha muammolarga duch keldik.
Butun o‘yin davomida etarlicha imkoniyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalana olmadik. Bir sekundga o‘yin tizginini bo‘shatdik va ular gol urishdi", - deydi Rojers.
Fikrlar