
Bruno bu borada Evropada tengsiz
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Evropaning top-5 ligasida yaratilgan golli vaziyatlar bo‘yicha etakchilik qilmoqda. 28 yoshli xavbek joriy mavsumda o‘z sheriklari uchun 103 ta vaziyat yaratdi.
"Qizil iblislar" sardori bu borada Angliya premer-ligasining ikki vakilini ortda qoldirdi. Ulardan biri “Nyukasl” himoyachisi Kiran Triper bo‘lsa, yana biri “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne. Angliyalik himoyachi 101 ta va belgiyalik yarim himoyachi 97 ta imkoniyat yaratdi.
Fikrlar