Bruno Fernandeshni qo‘lga kirita olmagan "Al-Hilol" braziliyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi

  • 3 iyun, 18:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Atalanta" jamoasining 25 yoshli braziliyalik yarim himoyachisi Edersonni sotib olishga qiziqmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Al-Hilol" taklifini rad etgach, klub rahbariyati Ederson atrofidagilar bilan bog‘langan. Tez orada futbolchiga rasmiy taklif yuborilishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Ederson barcha musobaqalarda jami 49 ta o‘yinda ishtirok etdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotga ko‘ra, Edersonning bozor bahosi 50 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!