Bu futbolchi “Manchester Yunayted”ga endi kerak emas

  • 18 iyul, 2022, 14:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" endi "Ayaks" hujumchisi Antoni bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi, deya xabar beradi jurnalist Tayron Marshall.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati jamoaning qanot hujum chizig‘i muammoli pozitsiya emas deb hisoblamoqda. Shu bois, “qizil iblislar” futbolchini sotib olishni fikridan qaytdi.

"Ayaks" o‘z futbolchisini sotish orqali 80 million evro atrofida ishlab olmoqchi ekani xabar qilingandi.

22 yoshli braziliyalikning Amsterdam klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Antonining narxini 35 million evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda vinger “Ayaks”ning barcha musobaqalar doirasidagi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!