
Bu futbolchi "Roma"ning talablariga to‘g‘ri kelmadi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar bergan edik.
Biroq Marca bergan xabarga ko‘ra, "bo‘rilar" 28 yoshli niderlandiyalik futbolchiga ayni dam jiddiy qiziqish bildirgani yo‘q. Bunga asosiy sabab Memfisning maoshi bo‘lgan, Rim klubi unga yiliga 7 million evro to‘lab bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Depay Ispaniya chempionatida 2 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. JCh-2022 doirasidagi 5 ta o‘yinda ham u shuncha golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. "Uchar gollandlar" esa musobaqaning chorak finalida Argentinaga imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayrlashdi.
Fikrlar