Bu futbolchining kelajagi Ronalduga bog‘liq!

  • 28 avgust, 2022, 20:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dan ketishi kerak bo‘lgan Memfis Depay faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Lekin uning Manchesterga qaytishi Krishtianu Ronalduga bog‘liqligi aytilmoqda.

Tecno

“Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan va nomzodlar orasida niderlandiyalik hujumchi ham bor. Bu transfer amalga oshishi ikkita omilga bog‘liq.

Birinchi navbatda, manchesterliklar asosiy nishon sifatida qayd etgan “Ayaks” hujumchi kelsa, Depayning keragi bo‘lmay qoladi.

Ikkinchidan Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga o‘tib ketsa, Antoni kelgan taqdirda ham Depay transferi amalga oshiriladi. Agar Ronaldu qoladigan bo‘lsa, Memfis o‘ziga boshqa jamoa qidiradi.

Memfis Depay 2015-2017 yillari “Manchester Yunayted” sharafini himoyai qilib, 53 ta uchrashuvda ettita gol va oltita assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!