
Bu futbolmi yoki boks. David Luiz jamoadoshini bir zarba bilan nokautga tushirdi
“Arsenal”ning mashg‘ulotlaridan birida ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi. Nazorat o‘yini davomida David Luiz oyog‘iga tashlangan jamoadoshi Daniel Sebelosnin yuziga musht tushirdi. Ispan futbolchisi qonga belanib, maydonga yiqildi.
Birozdan so‘ng o‘ziga kelgan Sebalos munosabatlarga oydinlik kiritish uchun braziliyalik futbolchiga tashlandi. Biroq, qolgan futbolchilar ularni ajratib qo‘ydi. Har ikki futbolchi mashg‘ulotdan uyiga qo‘yib yuborildi.
Luiz joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. “Real”dan ijaraga olingan Sebalos esa 11 ta o‘yinda qatnashdi.
Fikrlar