Bu hujumchi kelsa “Barsa”ni to‘xtatib bo‘lmaydi!

  • 30.04.2022 13:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qildi.

Kataloniyaliklar homiylar e’tiborini tortish uchun mashhur to‘purarlardan birini olib kelishni rejalashtirmoqda. Diario Sport nashrining xabar berishicha, klub “Chelsi”da o‘zini ko‘rsata olmagan Romelu Lukakuni Ispaniya chempionatiga olib kelishni istayapti.

Tabiiyki, transfer summasi 100 million evrodan yuqori bo‘lgan belgiyalik yulduzni to‘liq transfer qilishning imkoni yo‘q. Shu sababli, kataloniyaliklar Lukakuning agenti Federiko Pastorello bilan bog‘lanib, hujumchini ijaraga olish variantini taklif qilmoqda.

Belgiyalik to‘purarning o‘zi ham “Chelsi”dagi holatdan qoniqmayapti. U yozda jamoasini o‘zgartirishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!