
Bu hujumchi Messidan ham, Ronaldudan ham zo‘r!
“Manchester Yunayted”ni tark etganidan keyin Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Ralf Rangnik norvegiyalik hujumchi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
- Hozir Erling uning yoshida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ko‘rsatgan o‘yindan ancha yaxshi o‘ynamoqda. Ilgari hech bir futbolchi 22 yoshida bunaqa zo‘r sifatlarni o‘zida jamlaganini hech kim ko‘rmagan, - dedi Ralf Rangnik.
Erling Xoland yozgi tranferlar vaqtida “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. Iste’dodli hujumchi Angliya premer-ligasida ham to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsata oldi.
U Angliya chempionatida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar