Superklub Harri Keyn uchun 100 million evro tikadi
“Tottenxem”ning keyingi yillardagi eng zo‘r hujumchisi Harri Keyn nihoyat o‘zi orzu qilganidek, sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan superklub a’zosiga aylashnishi mumkin.
Bundesliga chempioni “Bavariya” kelasi yozda Harri Keynni o‘zining asosiy transfer nishoni qilib belgiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, myunxenliklar yozgi transferlar mavsumida futbolchining agentlari bilan bog‘langan va bu muloqot hali ham davom etmoqda. Harri Keynning o‘zi “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Mutaxassislar “Bavariya” 29 yoshli superto‘purarni olib kelish uchun 100 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda. Futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan.

Fikrlar