Bu hujumni talabga javob bermayapti. O‘rniga boshqasi kerak!

  • 9 yanvar, 2023, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronaldudan keyin frantsiyalik legioner Antoni Marsyaldan ham voz kechishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

- Marsyalning oxirgi ettita uchrashuvda oxirigacha o‘ynamaganining sabablari bor. Asosiy sabab shundaki, u yuklamalarimizni ko‘tara olmayapti. Shuning uchun biz boshqa hujumchi qidiryapmiz, - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Manchesterliklar Marsyalni 2015 yili “Monako”dan 60 million evroga transfer qilgan edi. Lekin frantsiyalik hujumchi shu paytga qadar asosiy tarkibdan o‘rin ola bilmadi.

27 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!