Bu jamoa Ronalduni olishga ikkilanmoqda

  • 29.07.2022 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashrining xabar berishicha, Jorje Mendesh “Manchester Yunayted”dagi mijozi Krishtianu Ronalduga yangi jamoa topish harakatlarini davom ettirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis “Sporting” bilan muzokara olib bordi. Ungacha, Ronaldu va Mendesh “Manchester Yunayted” rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xag bilan gaplashib, futbolchining ketish istagi o‘zgarmaganini ma’lum qilishdi.

“Sporting” Ronalduning talablari to‘la mos tushadi. Chunki Portugaliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi.

Shunga qaramay, lissabonliklar Ronalduni olishga ikkalanmoqda. 37 yoshli futbolchining jamoaga qo‘shilishi ichki muhitni o‘zgartirib yuboradi. Bundan tashqari, “Sporting” Krishtianuning maoshini ko‘tarishda muammolarga duch kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!