Bu jamoa tez orada Zidan qo‘liga o‘tadi

  • 7 yanvar, 2022, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan tez orada “Pari Sen-Jermen” ustoziga aylanishi kutilmoqda.

Tecno

Klub rahbariyati frantsiyalik mutaxassisni anchadan beri Parij klubini boshqarishga chorlab keladi. Ular yozda rasman hamkorlik o‘rnatmoqchi.

PSJning hozirgi murabbiyi Maurisio Pochettino bir joyga to‘plangan Lionel Messi, Neymar, Mauro Ikardi, Keylor Navas kabi yulduzlarni boshqarishga qiynalayotgani aytilmoqda. Argentinalik mutaxassisning o‘zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi.

Pochettino yozda “Manchester Yunayted”da ish boshlash niyati borligini yashirmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Zinedin Zidanning PSJ taklifini qabul qilishi  jamoa yulduziKIlian Mbappening jamoada qolishiga bog‘liq ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!