Bu ketishda Xolandning butsasi oltindan bo‘ladi
Evropa ligalarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga “Oltin butsa” sovrini topshiriladi. An’anaviy tanlovda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland etakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida 22 yoshli norvegiyalik to‘purar “Brayton” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, chempionatdagi gollari sonini 17 taga etkazdi.
Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski bu turda o‘zining 12-to‘pini kiritdi.
Evropa to‘purarlari orasida uchinchi o‘rinni o‘ntadan aniq zarbaga ega bo‘lgan Kilian Mbappe (PSJ) va Harri Keyn (“Tottenxem”) egallab turibdi.
Ularni o‘z hisobiga to‘qqiztadan gol o‘zdirgan Neymar (PSJ), Aleksandar Mitrovich (“Fulxem”) hamda Jonatan Devid (“Lill”) ta’qib qilmoqda.

Fikrlar