
Bu klublar O‘zbekiston chempionati tarixida ilk bor to‘qnash kelmoqda!
FIFA kunlari va yurtimizda o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi (U23) musobaqasi tufayli yuzaga kelgan 3 haftalik tanaffus tugadi. Endilikda Superliganing birinchi davra doirasidagi o‘yinlari davom ettiriladi.
AGMK jamoasi 12-tur doirasida Toshkentda Superligaga joriy mavsum chiqqan "Olimpik" jamoasi bilan bahs yuritadi. "Olimpiyachilar" Olmaliq jamoasi uchun O‘zbekiston chempionatidagi yangi raqib va jamoalar ilk bor to‘qnashishadi.
Toshkentliklar O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bazasi sifatida tashkil etilgan klub bo‘lib, unga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze boshchilik qilmoqda. Bo‘lajak o‘yin 22 iyun kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida soat 20:00da bo‘lib o‘tadi.
O‘yinni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
Norsafarov boshqargan o‘yinlarda AGMK 3 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. "Olimpik"ka qarshi o‘yin Norsafarov boshqaradigan 8-uchrashuvga aylanadi.
AGMK matbuot xizmati
Fikrlar