"Bu Messiga nisbatan hurmatsizlik!"

  • 29 sentabr, 2021, 16:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi PSJ - "Manchester Siti" bellashuvidagi qiziq holatga to‘xtaldi.

Angliyalik futbolchi "shaharliklar" standart vaziyat ijro etayotgan vaqtda PSJ yulduzi Leo Messi jonli devor ostiga yotgani to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildirdi: "Mashg‘ulotlar davomida Pochettino unga shunday ko‘rsatma bergan bo‘lsa, kimdir oraga aralashishi va "yo‘q, yo‘q, Messi bunday qilmaydi",-deyishi kerak edi.

Bu hurmatsizlik. Agar men bu jamoada bo‘lganimda, uning o‘rniga yotib olardim. Men uning bunday qilishiga yo‘l qo‘ymasdim. Uning libosi dog‘ bo‘lmasligi kerak. Bu ish Messi uchun emas",-dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Parij klubi safidagi dastlabki golini aynan "shaharliklar"ga qarshi bahsda kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!