
Bu murabbiy Gvardioladan zo‘r chiqib qoldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes ushbu jamoa boshqaruvchisi sifatida Ispaniya chempionatining navbatdagi turida kataloniyaliklar “Valensiya” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Ispaniya matbuotining yozishicha, Xavi boshchilik qilayotgan jamoa 50 ta o‘yinda jami 118 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Shu tariqa, Xavi yana bir mashhur murabbiy Xosep Gvardiola natijasini yangiladi. Hozir “Manchester Siti”ni boshqarayotgan Gvardiola Kataloniyada ishlagan davrda dastlabki 50 ta o‘yinda 117 ochko jamg‘argan edi.
Rekord natija esa, Luis Enrikega tegishli. Bu mutaxassis “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ilk 50 ta uchrashuvida 124 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar