
Bu murabbiy MYuni boshqarish uchun ingliz tilini o‘rgana boshladi
“Ayaks”ni muvaffaqiyat bilan boshqarayotgan Erik ten Xag zudlik bilan ingliz tilini o‘rgana boshladi, - deb xabar bermoqda Sportsmail sayti.
Manbaning ta’kidlashicha, bu mutaxassis Manchester klubini qabul qilib olishga moyil va muzokaralarga kirishishdan oldin ingliz tilini mukammal o‘rganmoqchi. Bundan tashqari, u “Ayaks” xo‘jayinlarini yozda ketishi haqida ogohlantirishg ham ulgurgan.
Hozir jamoani boshqarayotgan Ralf Rangnik mavsum oxirida boshqa lavozimga o‘tkaziladi. Uning oldiga “Manchester Yunayted”ni kuchli to‘rtlikka olib kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan.
Jamoaga bo‘lajak bosh murabbiylar ro‘yxatida Erik ten Xagdan tashqari, Karlo Anchelotti va Maurisio Pochettino ham bor.
Fikrlar