Bu o‘yinchining narxi 200 mln funtga ko‘tarildi

  • 17 yanvar, 2022, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem” jamoa etakchisi Deylan Raysni ushlab qolish uchun turli yo‘llardan foydalanib ko‘rmoqda.

Tecno

Aslida londonliklar bu yarim himoyachiga xaridor ko‘pligini inobatga olib, avvalgi transferlar oynasida uni 100 million funtga baholagandi. Shunda ham, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi qudratli klublar bu xarajatga tayyorligini bildirdi.

O‘yinchining o‘zi ham klub rahbariyatidan kuchli jamoalarga qo‘yib yuborishni bir necha marotaba so‘ragan. Endi “Vest Xem” Deklan Rays transferi bo‘yicha 200 million funtdan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini uqtirmoqda.

Tabiiyki, bugungi kunda hech bir klub bir futbolchi uchun fantastik summa sarflamaydi.

Rays joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 20 ta uchrashuvda bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!