
Bu tush emas! 8 ta gol urilgan o‘yinda "Chelsi" "Manchester Siti" bilan durang o‘ynadi
APL 12-turidan o‘rin olgan ajoyib uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Dastlab, Xoland hisobni ochgan bo‘lsa, Sterling va Silvalar "aristokratlar"ni oldinga olib chiqdi. Taym so‘nggida esa Akanji hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida Erling yana bir bor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Jekson 67-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirdi. 86-daqiqada Rodri mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin so‘nggida hakam "Chelsi" hisobiga penalti belgiladi va Palmer uchrashuvdagi oxirgi golni urdi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi va londonliklar turnir jadvalida 10-pog‘onaga joylashdi. "Shaharliklar" esa birinchi o‘rinda qoldi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" so‘nggi bor "Manchester Siti" darvozasini bundan ikki yil oldin ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar