
Bu xabar "Barsa" muxlislarini xafa qilishi aniq
"Barselona" Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Ayntraxt" Frankfurt jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mazkur turnirdagi yurishiga yakun yasadi.
Ushbu bahsning ikkinchi bo‘limida "ko‘k-anorranglilar"ning yosh mahoratli futbolchisi Pedri zaxiraga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, uning mushaklari yorilib ketgan va katta ehtimol bilan u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Qayd etish lozim, ispaniyalik xavbekning o‘yini so‘nggi paytlarda tobora ochilib borayotgandi. U 2021/2022 yilgi mavsum barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar