Bu yilgi “Oltin butsa”ning Top-10 to‘purarlari

  • 22 may, 2018, 19:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yilgi “Oltin butsa”ning Top-10 to‘purarlari

Tecno

Lionel Messi bu yilgi “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi va bu yo‘lda u Muhammad Saloh, Krishtianu Ronaldu va Harri Keyn kabi nomdor hujumchilarni ortda qoldirdi. Goal nashri Evropaning eng nufuzli individual sovrini uchun kurashgan Top-10 hujumchini yodga oldi.

Lionel Messi, “Barselona”, 34 gol (68 ochko)

Oldingi mavsumlardagidek sermahsul o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lsada Leoning La Ligadagi 34 goli 5- “Oltin butsa”sini yutib olishiga etarli bo‘ldi. U bu borada raqibi Ronaldudan ilgarilab ketdi.

Muhammad Saloh, “Liverpul”, 32 gol (64 ochko)

“Liverpul” yulduziga aylangan Saloh Premer Liga to‘purarlari ro‘yxatida karvonboshilik qildi. Biroq unda Messini quvib o‘tishiga bir nechta gol etishmadi. Salohning yuqori sport formasi bilan “Enfild”da kuchli hujum uchligini tashkil qildi.

Harri Keyn, “Tottenxem”, 30 gol (60 ochko)

Harri Keyn Premer Liga to‘purarligini so‘nggi ikki mavsum o‘zida saqlab keldi. Biroq u bu mavsumda Salohga imkoniyatni boy berdi. Mavsum startini ancha bo‘sh boshlagan “Tottenxem” to‘purari keyinroq o‘ziga kelib oldi va Salohga jiddiy raqobat ko‘rsatdi. Hujumchi Jahon Chempionatida bemalol o‘zini ko‘rsata olishi mumkin.

Chiro Immobile, “Latsio”, 29 gol (58 ochko)

Chiro Immobile bu safar o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Borussiya Dortmund”ning sobiq hujumchisi “Latsio”da asosiy figuraga aylandi va A Seriyaning to‘purariga aylandi.

Robert Levandovski, “Bavariya”, 29 gol (58 ochko)

Eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida qaraladigan “Bavariya” vakili so‘nggi ikki mavsumda 30 lik dovondan oshardi. Biroq bu yilgi mavsumda u biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Polshalik hujumchi shunga qaramay, Germaniya Bundesligasining to‘purariga aylangan.

Mauro Ikardi, “Inter”, 29 gol (58 ochko)

“Inter” yulduzi Mauro Ikardi A Seriyaning so‘nggi to‘rt yilidan beri eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylandi. U hatto 2015-yilgi mavsum to‘purari bo‘lgan ham edi. Argentinalik futbolchi “Inter”ning sardoriga aylanib olgan va “neradzurrilar” uchun namuna ko‘rsatishda davom etmoqda.

Edinson Kavani, “PSJ”, 28 gol (56 ochko)

Urugvaylik hujumchi so‘nggi yillarda “PSJ”ning asosiy quroliga aylanib olgan. U Ibragimovichning jamoadan ketishi va Neymarning jarohatidan keyin butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Kavani 1 Liganing har qanday futbolchisidan ko‘p gol urgan va jamoasining chempionatni yutishida muhim hissasini qo‘shdi.

Jonas, “Benfika”, 34 gol (51 ochko)

Braziliyalik “qariya” hujumchi “Benfika”da sensatsion mavsumni o‘tkazdi. U gollari soni bo‘yicha Messiga etib oldi. Ammo Portugaliya chempionatining kuchli beshlikka kira olmagan sababli ochkolar bo‘yicha kam ball jamg‘ardi.

Krishtianu Ronaldu, “Real Madrid”, 26 gol (52 ochko)

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi 2009-yilda La Ligaga kelib qo‘shilganidan beri eng yomon mavsumini o‘tkazdi. Ammo 2008-yilga kelib u avvalgi sport formasini tiklay oldi va “Oltin butsa” uchun kurashga qayta qo‘shildi.

Luis Suares, “Barselona”, 25 gol (50 ochko)

Ikki karra “Oltin butsa” sohibi bo‘lgan Suares “Barselona”ga kelib qo‘shilganidan beri hujum chizig‘ida ancha faollik ko‘rsatmoqda. U mavsum avvalida orttirib olgan jarohati bilan startni yomon boshlagan bo‘lsada, tezda o‘zini o‘nglab oldi va muxlislarini xursand qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!