Bubanya, Yusupov, Ismoilov, Babayan va Boshkovich jarimaga tortildi

  • 24 may, 2024, 17:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" 1:2 "Navbahor" o‘yinidan keyin "Navbahor" futbolchilari O‘tkir Yusupov hamda Abror Ismoilov g‘alabani raqib jamoa muxlislari qarshisida nomaqbul harakat bilan nishonlagandi. 

Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida mazkur masala ham ko‘rib chiqildi. Yakunda har ikki futbolchi jarimaga tortildi. Biroq O‘tkir Yusupov Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Neftchi" klubiga qarshi o‘yinda ham avvalgi holatdan xulosa chiqarmagani uchun ikki karra ko‘proq jarima to‘laydigan bo‘ldi. 

Shuningdek, "So‘g‘diyona" va "Navbahor" klubi ustozlari Ivan Boshkovich hamda Samvel Babayan o‘zaro bellashuv davomida texnika zonada o‘zini tutish qoidalariga bir necha bor amal qilmay, provokatsion xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi. 

8-turdan o‘rin olgan "Andijon" — "Metallurg" uchrashuvida mehmon jamoa shifokoriga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan Vladimir Bubanyaning litsenziyasi vaqtincha qaytarib olingandi. Qo‘mita holatni o‘rganib chiqib, boshlanishiga Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llashga qaror qildi. Bu kabi holat takrorlansa, Bubanya bir yoki bir necha rasmiy uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
24/05/2024 18:02
Уткирни каттикрок жазога тортиш керак бу болани бурни еутарилиб колган узича термани мендан бошка дарвозабони йук деб уйлайди Адувохид ундан бир бош устун дарвозабон.
&
Журабой
24/05/2024 17:21
Футзал буйича ВМВ Узб. чемпиони булди. Нега хеч каерда езилмаяпти. Реклама жуда вахима эдику.