
Buffon Manchester grandlarining taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi
Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffonga "Yuventus"ga qaytishdan oldin APL grandlaridan takliflar bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli posbon Turinga qaytishdan oldin "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted"dan biriga o‘tish imkoniyatiga ega edi. Biroq, u Ederson va David De Xeaga o‘rindosh bo‘lishni xohlamadi.
Eslatib o‘tamiz, Buffon PSJ bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan edi.
Fikrlar