Bugun 9 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi – final bahslari o‘tkaziladi. Mazkur bochqichga terma jamoalarimizdan 9 nafar charm qo‘lqop ustasi yetib kelgan.
Kunduzgi dastur:
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva - Maeli Panizzutti (Fransiya)
-75 kg: Samira Turg‘unova - Maissa Kermezian (Fransiya)
-80 kg: Asaloy Baxtiyorova - Aidana Udaidullaqizi (Qozog‘iston)
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Xamza Maqsatuli (Qozog‘iston)
-90 kg: Asadbek Sultonboev - Jalgas Utebekov (Qozog‘iston)
Kechki dastur:
-51 kg: Nazokat Mardonova - Chandrika Pujari (Hindiston)
-65 kg: Sevara Mamatova - Laurin Elmore (AQSh)
-85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jaev - Anxel Blankarte (AQSh)
+90 kg: Islom Salihov - Vladislav Samojonov (Qozog‘iston)
Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 13:30 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar