Bugun Angliya superklubi bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi kutilyapti
Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Chelsi” rahbariyati kutilmaganda bosh murabbiy Enzo Mareskani iste’foga chiqarish masalasini ko‘tardi.
Iste’fo 1 yanvar kuni sodir bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian jurnalisti Aleks Kruk.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mareska bilan klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar butunlay yomonlashib ketgan. Bunda jamoaning so‘nggi natijalari muhim rol o‘ynagan: londonliklar oxirgi 9 ta o‘yinda atigi 2 ta g‘alabaga erishgan, xolos.
“Bornmut”ga qarshi uchrashuvdan (2:2) keyin Mareska g‘oy o‘zini kasal bo‘lib qolgandek ko‘rsatib, matbuot anjumaniga kelmagan. Aslida esa u klubdagi vaziyatdan norozi bo‘lgani uchun ishtirok etmaslikka qaror qilgan edi.
Angliya Premier-ligasida o‘tkazilgan 19 ta uchrashuvdan so‘ng “Chelsi” 30 ochko to‘plab, joriy turnir jadvalid a beshinchi o‘rinni egallab turibdi. London klubi peshqadam “Arsenal”dan 15 ochko ortda qolmoqda.



Fikrlar