Bugun final! "Fiorentina" bu safar g‘alabaga erisha oladimi yoki "Olimpiakos" kubokni Gretsiyada olib qoladimi?

  • 29 may, 2024, 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Gretsiya poytaxti Afina shahridagi “OPAP Arena”da UEFA Konferentsiyalar ligasining 2023/2024 yilgi mavsum final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Hal qiluvchi bahsda mezbon Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi Italiyaning “Fiorentina” jamoasiga qarshi saf tortadi.

"Olimpiakos" bu mavsumda Konferentsiyalar ligasida juda katta shovqin ko‘tardi. Greklar yarim finalda musobaqa favoriti deya e’tirof etilayotgan Unai Emeri boshchiligidagi “Aston Villa” yo‘ldan olib tashlashdi. "Olimpiakos" inglizlardan tashqari pley-offda "Fenerbaxche", "Makkabi Tel-Aviv" va "Ferencvaros"ni mag‘lub etdi.

"Fiorentina" uchun bu final nafaqat nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish, balki o‘tgan mavsumdagi natijalarini yaxshilash imkoniyatini beradi. Florentsiya jamoasi bir yil oldin aynan Konferentsiyalar ligasi finalida maydonga tushgan va "Vest Xem"ga yutqazgandi. “Fiorentina”ning bu yilgi final yo‘li ham ekzotik bo‘ldi: “Braga”, “Sivasspor”, “Lex” va “Bazel”.

“Olimpiakos” – “Fiorentina” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Adham Tuychiev
29/05/2024 16:27
Yevropa ligasi kubogini olib Konferensiyalanikiga almashtirib quyila baraka topkurla.