Bugun Germaniyada chempion nomi ma’lum bo‘ladi
Bugun Germaniya Bundesligasida mavsumning so‘nggi 34-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, bu erda ham xuddi APLda bo‘lgani singari chempionlik taqdiri so‘nggi turga qadar saqlanib qolgan.
Bugun peshqadam “Bavariya” safarda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Ayntraxt” mehmoni bo‘ladi. Ikkinchi o‘rindagi “Borussiya” Dortmund esa “Borussiya” Myunxengladbaxga safar qiladi.
Ayni damda myunxenliklar hisobida 75 ochko bor, dortmundliklarda esa 73ta. Agar bugun Frankfurtdagi o‘yinda “Bavariya” imkoniyatni boy bersa va “Borussiya” Dortmund safarda g‘alaba qozona olsa, u holda chempionlik Dortmund klubiga nasib etadi. Bordiyu, myunxenliklar bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishsa yoki durang qayd etishsa ham navbatdagi chempionlikni tantana qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Ayntraxt” – “Bavari” va “Borussiya M” – “Borussiya D” bahslari bir hil vaqtda – Toshknt vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar