
Bugun Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv" safida maydonga tushishi mumkin. Buning o‘ziga yarasha sababi bor
Bugun Moskvaning "Lokomotiv" klubi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Jasur Jaloliddinov jamoasiga Rossiya U-19 terma jamoasi raqiblik qiladi.
Mazkur bellashuvda hamyurtimiz maydonga tushishi mumkin. Sababi "Lokomotiv" Jaloliddinov bilan deyarli tengqur jamoa bilan o‘ynaydi. Murabbiy bu uchrashuv orqali futbolchimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olish ehtimoli yo‘q emas.
Bellashuv yopiq eshiklar ostida o‘tishi ma’lum qilindi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Fikrlar