
Bugun Nigina, Sabina va Oqgul kortga chiqadi
Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Tashkent Open – 2019“ musobaqasi boshlandi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz tennis federatsiyasi va Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tomonidan o‘tkazilyotgan turnirda mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova, Oqgul Omonmurodova hamda Nigina Abduraimova himoya qilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi turnirning yakkalik bahslarida bugun uch nafar tennischimiz ishtirok etadi.
Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ilk davrada chernogoriyalik Danka Kovinich bilan bahs olib borsa, tajribali sportchimiz Oqgul Omonmurodova belgiyalik Esalin Bonaventureni sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, hamyurtimiz Nigina Abduraimova esa ruminiyalik Monika Nikuleskuga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar