Bugun Odil Ahmedov chempionlik uchun kurashni boshlaydi

  • 27 iyul, 2020, 05:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy chempionati nihoyat boshlandi. Fevralda start olishi kerak bo‘lgan musobaqa pandemiya sababli yarim yil ortga surildi. Chempionat tashkilotchilari qaroriga ko‘ra, joriy chempionatda 16 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi.

Tecno

Har bir guruhdan to‘rttadan jamoa pley-offda chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Qolgan jamoalar esa, yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori o‘ynayotgan “Shanxay SIPG” jamoasi birinchi turni safarda “Tyantszin Teda”ga qarshi o‘tkazadi. Mutaxassislar tarkibida Oskar, Xalk va Odil Ahmedov kabi etakchi futbolchilari bor “Shanxay SIPG” jamoasining imkoniyatini yuqori baholamoqda.

“Shanxay SIPG” joriy mavsumda chempionlikka asosiy da’vogarlar qatorida zikr etilmoqda. Bungacha Odil Ahmedov jamoasi 2018 yilda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!