
Bugun "Oltin to‘p" topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor, 8 oktyabr sanasida "France Football" "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan 30 futbolchi nomini ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, Riyad Mahrez («Manchester Siti»), Ngolo Kante («Chelsi), Erling Xoland («Borussiya» Dortmund), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Meyson Maunt («Chelsi»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Janlujji Donnarumma («Milan»/ PSJ), Karim Benzema («Real»), Raxim Sterling («Manchester Siti»), Nikolo Barella («Inter»), Lionel Messi («Barselona»/ PSJ), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Pedri («Barselona»), Luka Modrich («Real»), Jorjo Kellini («Yuventus»). Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Neymar (PSJ), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Lautaro Martines ("Inter"), Simon Ker ("Milan"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Jorjino ("Chelsi"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Sesar Aspilikueta ("Chelsi"), Romelu Lukaku ("Inter"/ "Chelsi"). Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted"/"Yuventus"), Xerar Moreno ("Vilyarreal"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe (PSJ), Luis Suares ("Atletiko") kabi futbolchilar ro‘yxatdan joy olgan.
Ma’lumot uchun, taqdirlash marosimi bugun tunda Parijdagi "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi Lionel Messi hisoblanadi.
Fikrlar