Bugun O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi. U qay tartibda o‘tadi? Asosiy savollarga javoblar

  • 7 iyun, 2021, 08:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Marosim kechki efirda Sport-TV tomonidan jonli efirda namoyish etiladi. 

Tecno

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra 14 ta jamoa 1/8 final bosqichi uchun chiptani qo‘lga kiritgandi. Ular qatoriga mazkur bosqichdan e’tiboran AGMK va “Paxtakor” klublari ham qo‘shiladi. 

Avvaldan aytilganidek, qur’a marosimida guruh g‘oliblari alohida savatda bo‘ladi va ular 1/8 finalda bir-biri bilan, shuningdek, AGMK va “Paxtakor” klublari bilan to‘qnash kelmaydi. Bir o‘yindan iborat uchrashuvlarga kim mezbonlik qilishi qur’a yordamida aniqlab olinadi. 

O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qilishi sizga ma’lum. Uchrashuvlar o‘tadigan sanalar O‘zbekiston milliy termasining keyingi rejalaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan taqvim asosida keyinroq ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!