Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixiy uchrashuvda maydonga tushadi

  • 2 iyun, 2019, 04:16
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu o‘yin terma jamoamiz uchun tarixiy hisoblanadi. Sababi shu paytga qadar Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi birorta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaganmiz. Bu o‘yin birinchisi bo‘ladi.

Tecno

Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvi Alanya shahridagi "Alanya stadium" o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh O‘zbekistonga qarshi o‘yinga terma jamoaning bir qator etakchi futbolchilarini ham chaqirgan. Bugun bizga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu, shuningdek, Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Chengiz Under ("Roma", Italiya), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Jenk Tosun ("Everton", Angliya), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya) kabi futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.

Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nafaqat yurtimizda, balki Turkiyada ham juda katta. Shu bilan birga o‘yinni turk telekanallaridan tashqari, jahonga mashhur Eurosport telekanali ham jonli efirda namoyish qiladi. Yurtimizdagi muxlislar esa uchrashuvni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Лутфулла Убайдуллаев
02/06/2019 05:34
химояга етиб олиб маглубиятга учраб,нурсиз уйин намойиш этишади.Куперни олиб келиш варианти жуда катта хато булди.Йукдан бор кила оладиган мутахассисни топиш керак эди.
&
02/06/2019 07:39
Avval uyinni kuring fol ochmay kiyin fikir bildras
Siroj Bobonazarov
02/06/2019 09:14
Ha to'g'ri oka
Siroj Bobonazarov
02/06/2019 09:15
Ha to'g'ri oka
&
02/06/2019 22:08
O'sha kim bilsayiz ayting opkelishadi buyam bir nimani bilmasa kemas axir