
Bugun shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida O‘zbekiston va Hindiston yana bir bor kuch sinashadi
Isroil davlatida shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Kecha chorak finalda GM Nodirbek Yakubboev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidovdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani ikki o‘yinda 3-1 va 2.5-1.5 hisoblarida mag‘lub etgan edi. Bugun o‘tkaziladigan yarim finalda hamyurtlarimiz Hindiston termasiga qarshi dona suradi.
Ushbu ikki jamoa guruh bosqichida ham o‘zaro dona surishgan va unda O‘zbekiston 3-1 hisobida zafar quchgan edi.
Yarim final bahslari Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
Fikrlar