
Bugun "The Best" sovrini o‘z egasini topadi!
Bugun FIFA tomonidan taqdim etiladigan "The Best" sovrini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Jarayon tungi soat 01:00 da start oladi.
Marosimda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar sovrin uchun kurash olib boradi.
Eng yaxshi futbolchi: Lionel Messi (PSJ, Argentina), Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya), Karim Benzema ("Real", Frantsiya).
Eng yaxshi darvozabon: Yassin Bunu ("Sevilya", Marokash), Tibo Kurtua ("Real", Belgiya), Emiliano Martines ("Aston Villa", Argentina).
Eng yaxshi murabbiy: Karlo Anchelotti ("Real", Italiya), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti", Ispaniya), Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi, Argentina).
Fikrlar