
Bugun to‘rt nafar bokschimiz jahon chempionatida ilk janglarini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, Polshada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start berildi. Kecha, dastlabki janglar ham o‘tkazildi. Quvonarlisi ilk kunda ringga ko‘tarilgan vakilimiz, -56 kg vazn toifasidagi Dilshod Abdumurodov ilk bosqichda slovakiyalik Lukas Lorintsga qarshi jang qildi va katta ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun esa to‘rt nafar bokschilarimiz o‘z yurishini boshlaydi. Quyida, ringga ko‘tariluvchi hamyurtlarimiz va ularning raqiblarini e’tiboringizga havola etamiz.
-52 kg: Shahzod Muzaffarov - Mustafa Rigi (Eron)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Marina Muliarchik (Belarus)
-60 kg: Dilfuza Bekova - Rebeka Dobos (Vengriya)
+91 kg: Jahongir Zokirov - Marlon Xurtado (Kolumbiya)
Mazkur janglarda terma jamoamiz a’zolariga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar